All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Informatika kafedrasi

F.I.O.Mirsanov Uralboy Muxammadiyevich
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvoniDSc, dotsent
Telefon+998 97 433-07-59
E-mailuralboynavoiy@mail.ru
Kafedra haqida
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari
O`qitiladigan fanlar
Kafedra tarkibi
Elektron Axborot Ta'lim Resurslari

Mazkur kafedra 2004 yilda “Informatika” kafedrasi nomi bilan “Matematik analiz va informatika” kafedrasi bazasida tashkil qilingan. “Matematik analiz va informatika” kafedrasi 1988 yilda tashkil topgan. Unga 1988 – 1993 yillarda t.f.n. I.S.Ortiqov, 1993 – 1997 yillarda t.f.n. B.J.Rajabov, 1998 – 2004 yillarda f.-m.f.n. R.A.Ro‘ziyev, 2004 – 2006 yillarda PhD T.U.Utapov, 2007 – 2008 yillarda f.-m.f.n. A.A.Ibragimov, 2008-2014 yillarda Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasini  f.-m.f.n. Sh.J. Xudoyorov, 2014-2019 yillarda kafedrani f.-m.f.n. G‘.R. Yodgorov, 2019-2020 yillarda “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri dots. A.Ibragimov, 2020-2021 yilda kafedraga dots. G‘.R. Yodgorovlar rahbarlik qilishgan.

“Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi nomi 2021 yildan “Informatika” deb nomlanib, 2021 yilning oktabr oyidan boshlab kafedrani p.f.d.(DSc), dots. U.M.Mirsanov boshqarib kelmoqda.

 

 

 

1) Tabiiy jarayonlarni matematik modellashtirish;
2) O‘quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash.
Birinchi yo‘nalishda kafedra professor-o‘qituvchilaridan dots. A.A.Ibragimov, t.f.d., prof. Sh.N.Nosirova, f.-m.f.n. Sh.J.Xudoyorov, f.-m.f.n., dots. G‘.R.Yodgorov, PhD D.N.Xamroyeva, o‘qituvchilar T.T.Jo‘raqulov va T.Mamurovlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ikkinchi yo‘nalishda esa Dsc U.Mirsanov, dots. R.A.Ro‘ziyev, dots. T.U.O‘tapov, PhD A.O.Norbekov va PhD L.S.Isroilova, PhD M.A.Mahmudova, PhD J.I.Samandarov, PhD F.J.Toxirov, PhD D.R.Djurayeva, PhD P.E.Nuraliyeva, katta o‘qituvchilar S.S.Qo‘chqorova, L.S.Qo‘ldoshev, M.U.Raymova, o‘qituvchilar F.D.Xodjaboyev, D.D.Djurayev, B.A.Yorqulov, D.E.Berdiyeva, D.R.Otaqulova, O‘.N.Hamroyevlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
«Informatika” kafedrasida jami 40 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan 15 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar: Dsc U.M.Mirsanov, dots. R.A.Ro‘ziyev, dots. O.O.Suvonov, dots. A.A.Ibragimov, t.f.d., professor Sh.N.Nosirova, dots. G‘.R.Yodgorov, dots. T.U.O‘tapov, dots. Sh.J.Xudoyorov, PhD A.Norbekov, PhD M.A.Maxmudova, PhD L.S.Isroilova va PhD F.J.Toxirov, PhD D.R.Ro‘ziyeva, PhD D.N.Hamroyeva, PhD P.E.Nuraliyevalar. Kafedra ilmiy salohiyati 32 % ni tashkil etadi.
2023 yil kafedra ilmiy salohiyati yana oshdi, Mirsanov Uralboy Muxammadiyevich “Uzluksiz ta’lim tizimida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari) fan doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qildi.
«Informatika” kafedrasi Respublikamizning ko‘pgina OTMlari, jumladan, O‘zMU, TDPU, TATU, SamDU, Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti, O‘zFA huzuridagi Qori Niyoziy nomidagi PFITI, Matematika ITI, TATU huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsiya markazi bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bir necha yillardan buyon Rossiya FA Sibir bo‘limi tarkibidagi Hisoblash texnologiyalari ilmiy tekshirish instituti olimlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelinmoqda. QS reytingida dunyoning top 300 taligiga kiruvchi Novosibirsk davlat davlat universiteti (234-o‘rin) bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedra katta o‘qituvchisi L.Qo‘ldoshev 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi grantini yutib, Lomonosov nomli Moskva Davlat Universitetida, 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi grantini yutib Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universitetida malaka oshirish kurslarini o‘tab keldi
L.S.Isroilova 2011 yilda Mirzo Ulugbek stipendiyasi, 2012 yilda “Kamolot” stipendiyasi sovrindori, Esonboyev Bunyod 2017 yilda I.Karimov nomli stipendiyaga sazovor buldi. Respublika miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadasida iqtidorli talaba Aktamov Shaxzod 2-o‘rinni egalladi. 2023 yilda iqtidorli va tadbirkor talaba Ravshanova Gulhayo Azamatovna «Kelajak bunyodkori» medali sohibasi bo‘ldi.
2 nafar professor-o‘qituvchilar Z.N.Xolmurodova, Jo‘rayeva A.A chet tili fanidan milliy sertifikat (B2) ga ega
«Informatika” kafedrasi huzuridagi «Tabiiy jarayonlarni matematik modellashtirish va o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash» nomli ilmiy-uslubiy seminari tashkil etilgan.
2020 yilda «Informatika” kafedrasining “Elektron ta’lim” ilmiy jurnali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 ta darslik, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 10 ga yaqin monografiya, 300 dan ortiq OAK e’tirof etgan Respublika jurnallarda ilmiy maqola, xorijiy jurnallarda 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, 200 ta dasturiy mahsulotga mualliflik guvohnomalari olindi.
Informatika kafedrasi huzurida “Elektron kontentlar ishlab chiqish” ilmiy-uslubiy laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu laboratoriyada o‘quv jarayoni hamda ilmiy-tadqiqot jarayonida foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilmoqda.
Dots.R.A.Ruziyev, dots.A.A.Ibragimov, S.S.Qo‘chqorovalar «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

BAKALAVR
Kompyuter ta’minoti
Raqamli texnika va dasturiy ta’minot
Multimedia tizimlari va texnologiyalari
Kompyuter grafikasi
Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qoʻllash (ECTS)
Tibbiyotda axborot texnologiyalari
San’at sohasida axborot texnologiyalari
Algoritmlash asoslari
Dasturlash
3D modellashtrish
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
Mobil ilovalar yaratish
Informatika va raqamli texnologiyalar
Zamonaviy dasturlash tillari
Ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari
Informatika o’qitish metodikasi
Kompyuter grafikasi va vizuallashtrish
Robotatexnika asoslari
Mobil texnologiyalar
Kompyuter grafikasi va veb-dizayn
Matematik va kompyuterli modellashtirish
Informatika o’qitish metodikasi
Java dasturlash tili (TF)
Kompyutyer grafikasi va veb dizayn
Informatika o’qitish metodikasi
Kompyuterli modellashtirish
Pedagogik dasturiy vositalar
Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
Python dasturlash tili

Magistr
Pedagogik veb dizayn
Ixtisoslashtririlgan dasturiy vositalar
Python dasturlash tili
3D texnologiyalar
Ta’limda mobil texnologiyalardan foydalanish
Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar
Hisoblash matematikasining tanlangan boblari
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
Ta’limda axborot texnologiyalari

  • Mirsanov Uralboy Muhammadiyevich – DSc, dots.
  •  Yodgorov G‘ayrat Ruziyevich – f.-m.f.n., dots.
  •  Ruziyev Raup Axmadovich – f.-m.f.n., dots.
  •  Xudoyorov Shuhrat Jumaqulovich – f.-m.f.n.,dots.
  •  O‘tapov Toir Usmonovich – dots
  •  Nosirova Shaira Narmurodova – t.f.d, prof.
  •  Ibragimov Alimjon Artiqbayevich – f.-m.f.n., dots.
  •  Suvonov Olim Omonovich f.-m.f.n., dots
  •  Norbekov Azamat Ostanaqulovich PhD.,katta o‘qitituvchi
  • Maxmudova Malohat Axmadovna PhD.,katta o‘qitituvchi
  • Isroilova Lola Sunatovna PhD.,katta o‘qitituvchi
  • Ro‘ziyeva Dilafruz Raupovna PhD.,katta o‘qitituvchi
  • Toxirov Feruz Jamolovich PhD.,katta o‘qitituvchi
  • Xamroyeva Dilafruz Namozovna PhD., katta o‘qitituvchi
  • Nuraliyeva Parvina Erkinovna PhD., katta o‘qitituvchi
  • Qo‘ldoshev Lutfullo Sadullayevich katta o‘qitituvchi
  • Qo‘chqorova Surmaxon Suvonovna katta o‘qitituvchi
  • Raymova Marfuga Umirzoqovna katta o‘qitituvchi
  • Xodjabayev Farxod Davletbayevich o‘qituvchi
  • Yorkulov Behzod Abdugaporovich o‘qituvchi
  • Djurayev Davron Doniyorovich o‘qituvchi
  •  Shamsiddinov Fazliddin Axmadovich o‘qituvchi
  • Juraqulov Tolib Toxirovich o‘qituvchi
  • Absobirov Samariddin Qurbonovich o‘qituvchi
  • Xamroyev Utkir Namozovich o‘qituvchi
  • Axmedova Shaxlo Axmadovna o‘qituvchi
  • Mamurov Ta’lat Tursunpo‘ltovich o‘qituvchi
  • Xolmurodova Zuhra Nishonovna o‘qituvchi
  • Qilichev Xudoynazar Aliboyevich o‘qituvchi
  • Arziqulov Husan Normurodovich o‘qituvchi
  • Juraboyev Almir Jamshidovich o‘qituvchi
  • Navruzov Baxtiyor Ixtiyorovich o‘qituvchi
  • Tursunov Shavkat o‘qituvchi
  • Otaqulova Durdona Raxmonovna o‘qituvchi
  • Jo‘rayeva Aziza Akramovna o‘qituvchi
  • Jumayeva Dilafruz Narmurodovna o‘qituvchi
  • Raximov Furqat Akbaraliyevich o‘qituvchi
  • Abayev Nurliboy Asat o‘g‘li o‘qituvchi
  • Xudoyberdiyeva Shoira Toirovna o‘qituvchi
  • Raximova Maxliyo Baxodirovna kab.mud
Professor - o`qituvchilar soni 40
fan doktori, professorlar2
fan nomzodi, dotsentlar13
Katta o`qituvchi va assistent o`qituvchilar25
Ilmiy salohiyat 32%